23:52 / 20.02.2025
583

Zelimxon Haydarov Tennis federatsiyasi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi

Zelimxon Haydarov Tennis federatsiyasi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Zelimxon Haydarov Oʻzbekiston tennis federatsiyasi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.

Zelimxon Haydarov 23 yil (1993−2016 yillar) Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov devonining rahbari lavozimida faoliyat yuritgan, keyinchalik Prezident administratsiyasida (2016−2018) ham shu lavozimda ishlagan. 2018 yil avgust oyidan Prezident administratsiyasining Moliya-iqtisodiyot boʻlimi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

2019 yildan buyon federatsiya bosh kotibi lavozimida ishlab kelayotgan Iroda Tulaganova ham rais oʻrinbosari etib tayinlandi.

Iroda Tulaganova — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi, etti karra WTA turniri gʻolibi. «Shuhrat» medali va «Oʻzbekiston iftixori» koʻkrak nishoni sohibi.

Buyuk Kelajak kompaniyasida ekspert hamda Davlat investitsiya qoʻmitasi metodologiya boʻlimining Toshkent shahridagi bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan Numon Sattarov va Aziz Hamidov ham Tennis federatsiyasi rahbarining oʻrinbosarlari etib tayinlandi.

Sardor Kamilov esa tashkilotning yangi bosh kotibi lavozimi egalladi.

Eslatib oʻtamiz, 17 fevral kuni «Kapitalbank» asoschisi, «Paxtakor» futbol klubining sobiq prezidenti Botir Rahimov Oʻzbekiston tennis federatsiyasiga rais etib saylangan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat