Farrux Xamrayev «O‘z kasbining fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi (video)

Farrux Xamrayev «O‘z kasbining fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi (video)

Xonanda Farrux Xamrayev «O‘z kasbining fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. San’atkor bu haqda Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Farrux Xamrayev O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ushbu ko‘krak nishoniga loyiq ko‘rilgan. Xonanda sahifasiga joylagan videosida o‘zini qo‘llab-quvvatlab kelayotgan muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.

«Assalomu alaykum, qadrdonlarim, muxlislarim! Bugun O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-tadqiqot kengashi markazi tomonidan “O‘z kasbining fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandik. Barchangizga rahmat! Chunki sizlar bizni doimo qo‘llab-quvvatlab turdingiz. Baxtimga sog‘-salomat bo‘linglar. Bundan keyin ham chiroyli ijod qilamiz, yangi kliplar suratga olamiz va sizlarni xursand qilamiz», — dedi xonanda.

Shuningdek, Farrux Xamrayev video ostida «Alhamdulillah. Keyingi bekat — Xalq artisti», deya izoh qoldirdi.

Uning kuzatuvchilari izohlarda xonandani ushbu e’tirof bilan tabriklab, ijodiy faoliyatida yanada katta muvaffaqiyatlar tilamoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar