Xorazmda sisternani tozalayotgan yigit halok bo‘ldi

1 daqiqa o'qish1.4K
Xorazmda sisternani tozalayotgan yigit halok bo‘ldi
27 mart kuni Xorazm viloyati Shovot tumanida yosh yigit benzin sisternasini tozalayotgan paytda halok bo‘ldi, deb Nova24.uz xabar berdi.

Hodisa tumandagi yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan birida sodir bo‘lgan. Zapravka xodimi tanishidan 10 tonnalik sisternaning ichki qismini tozalashni so‘ragan. Ish haqi keyinroq to‘lanishini aytgan. Shundan so‘ng fuqaro o‘g‘li (2004 yilda tug‘ilgan) bilan birga AYoQShga yo‘l olgan.

Tozalash paytida 19 yoshli yigit sisterna ichiga tushadi. Ammo ish jarayonida benzin qoldiqlaridan chiqqan bug‘lardan zaharlanib, hushidan ketadi. Buni ko‘rgan otasi uni qutqarish uchun pastga tushadi, biroq o‘zi ham hushini yo‘qota boshlaydi.

Shunda erkakning ukasi yordamga yetib kelib, uni kiyimidan tortib olib chiqadi. Afsuski, yosh yigitni qutqarib qolishning iloji bo‘lmaydi va u vafot etadi.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak va uning o‘g‘li avval ham shu AYoQShdagi rezervuarlarni to‘rt marta tozalagan va har gal uchun 100-150 ming so‘m olgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?