
Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qilishicha, joriy yilning birinchi choragi davomida O‘zbekistonda ma’muriy huquqbuzarliklarga oid 138 557 ta ish sudlar tomonidan ko‘rib chiqildi. Bu ishlar 162 665 nafar shaxsga taalluqli bo‘lib, ulardan 105 418 nafariga ma’muriy jazo tayinlandi.
E’tiborga molik raqamlar:
– Yarashgani sabab 19 201 nafar shaxs javobgarlikdan ozod etildi
– Apellyatsiya tartibida 1 924 nafar shaxsga oid 1 632 ta ish ko‘rib chiqildi
– Kassatsiya bosqichida esa 2 540 nafar shaxs bo‘yicha 2 380 ta ish ko‘rildi
Ko‘rilgan ishlarning katta qismini quyidagi huquqbuzarliklar tashkil etgan:
– mayda bezorilik;
– ichki ishlar organlari talabini bajarmaslik;
– litsenziyasiz yo‘lovchi tashish;
– energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish;
– haqorat va jamoat joyida alkogol iste’moli;
– yo‘l harakati qoidalarini buzish;
– mast holda transport boshqarish;
– sovuq qurol yoki uning o‘rnini bosuvchi ashyolarni olib yurish.
Shuningdek, birinchi instansiya sudlari chiqargan qarorlardan kassatsiyada 1 021 ta bekor qilinib, 625 tasi o‘zgartirilgani qayd etildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar