date
views 207

Giyohvandlik targ‘iboti – Devorga reklama yopishtirib yurgan shaxs sudga tortildi

Giyohvandlik targ‘iboti – Devorga reklama yopishtirib yurgan shaxs sudga tortildi
Toshkent shahri Uchtepa tumanida Telegram orqali giyohvandlik vositalari savdosini targ‘ib qiluvchi kanal reklamasi tarqatilgani fosh etildi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB.

Ma’lum qilinishicha, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro devor va ustunlarga kanal ssilkalari yopishtirib yurgan vaqtda qo‘lga tushgan.
Uning aytishicha, har bir reklama uchun 2 ming so‘mdan pul olayotgan bo‘lgan.

Surishtiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘lishicha, ushbu kanal orqali giyohvandlik moddalari tarqatilayotgani aniqlangan.
Ish jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida ko‘rib chiqildi.

Sud fuqaroni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 56-prim 4-moddasiga ko‘ra aybli deb topdi.
Unga nisbatan 100 BHM miqdorida, ya’ni 37,5 million so‘m jarima tayinlandi.

Siz nima deb o‘ylaysiz: bunday “reklama ishi” ortida kimlar turibdi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Giyohvandlik targ‘iboti – Devorga reklama yopishtirib yurgan shaxs sudga tortildi