
Italiya hukumatining rasmiy veb-saytida ma’lum qilinishicha, mamlakat bosh vaziri Jorjia Meloni 25–26 aprel kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Mazkur yuqori darajadagi tashrif doirasidagi uchrashuvlar Samarqand shahrida tashkil etiladi.
Qayd etilishicha, bu tashrif Melonining Markaziy Osiyo davlatlariga qilgan safarining bir qismi bo‘lib, mazkur tashriflar mintaqadagi mamlakatlar bilan Italiya o‘rtasidagi munosabatlarni yanada kengaytirish va mustahkamlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Avvalroq Italiya bosh vaziri Jorjia Melonining 26–27 aprel kunlari Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan Qozog‘istonga ham tashrif buyurishi haqida ma’lum qilingan edi.
Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati — Oqo‘rda ma’lumotiga ko‘ra, yuqori darajadagi muzokaralar davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Shuningdek, Italiya rahbari 27 aprel kuni Ostona shahrida o‘tkaziladigan birinchi «Markaziy Osiyo – Italiya» sammitida ishtirok etadi. Mazkur sammitda Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan Italiya o‘rtasidagi ko‘p tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlik, energetika va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Ushbu yuqori darajadagi tadbirlarda qanday kelishuvlarga erishilishi va muzokaralar qanday natijalar bilan yakunlanishi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar