Samarqandda olomon xitoylik sayyohni MrBeast deb o‘yladi (video)

Samarqandda olomon xitoylik sayyohni MrBeast deb o‘yladi (video)

Samarqandda maktab o‘quvchilari mototsikl va motoshlemda bo‘lgan xitoylik sayyohni mashhur bloger MrBeast deb o‘ylab, uning atrofini o‘rab oldi.

Xabarlarga ko‘ra, voqea blogerning O‘zbekistonga tashrifi ortidan yuz bergan. Shahardan ketayotgan MrBeastni ko‘rishga umid qilgan o‘quvchilar mototsiklda ketayotgan sayyohni unga o‘xshatib yuborgan.

Olomon sayyohning atrofida to‘planib, unga tegina boshlagan. Shunga qaramay, erkak vaziyatdan eson-omon chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Keyinchalik xitoylik sayyoh yuz bergan voqeadan hayratda qolganini va odamlar nega uning atrofiga yig‘ilganini dastlab tushunmaganini aytgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar