
Tailandga yo‘l olgan o‘zbekistonliklar endilikda yangi tartiblarga rioya qilishlari kerak bo‘ladi, deb xabar berdi nova24.uz Uzbekistan Airways matbuot xizmatiga tayanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil 28 aprel sanasidan boshlab, Tailandga kirayotgan barcha xorijlik sayyohlar safardan uch kun oldin Thailand Digital Arrival Card (TDAC) elektron anketasini to‘ldirishlari kerak bo‘ladi.
Ushbu shakl qog‘ozdagi kirish kartasining elektron ko‘rinishi bo‘lib, pasport nazoratidan o‘tishni soddalashtirishga xizmat qiladi.
Uzbekistan Airways kompaniyasi Bangkok va Pxuket yo‘nalishiga uchayotgan fuqarolarga TDAC anketasini tdac.immigration.go.th saytida to‘ldirishni tavsiya qilmoqda.
Mazkur forma quyidagi hollardan tashqari barcha xorijiy fuqarolar uchun majburiy:
Imigratsiya nazoratidan o‘tmasdan tranzit yoki qayta jo‘nayotganlar;
Chegara ruxsatnomasi asosida kirayotganlar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar