Toshkentda xavfli ichimliklar savdosi to‘xtatildi

1 daqiqa o'qish897
Toshkentda xavfli ichimliklar savdosi to‘xtatildi
Toshkent shahri Bektemir tumanida nomaʼlum sharoitda tayyorlangan salqin ichimliklar savdosi aniqlanib, to‘xtatildi, deb UPL.uz xabar berdi.

Yozning issiq kunlari bilan birga gavjum yo‘l yoqalarida fuqarolar tomonidan tayyorlangan, sanitariya talablariga javob bermaydigan ichimliklar savdosi faollashdi.

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologiya nazorati qo‘mitasining Bektemir tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tekshiruvda fuqarolar salomatligiga tahdid soluvchi mahsulotlar aniqlandi.

Tekshiruv davomida quyidagi mahsulotlar musodara qilindi:
• 10 litr ayran
• 5 litr limonad
• 8 litr o‘rik sharbati
• 9 litr tarkibi nomaʼlum ichimlik

Mazkur ichimliklar sanitariya me’yorlariga rioya qilinmagan holda, sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan sharoitda tayyorlangan bo‘lib, belgilangan tartibda musodara qilinib, yo‘q qilindi.

Ichimliklar sotuvchilariga ogohlantirish berildi hamda aholi orasida oziq-ovqat zaharlanishining oldini olish bo‘yicha amaldagi sanitariya qoidalari haqida tushuntirishlar o‘tkazildi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?