Sariosiyoda 300 qo‘y jarlikka qulagani tasdiqlandi

1 daqiqa o'qish7.6K
Sariosiyoda 300 qo‘y jarlikka qulagani tasdiqlandi
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida bir otar qo‘y jarlikka tushib ketishi natijasida yo‘qotilgan qo‘ylar soni 300 boshni tashkil etdi. Bu haqda tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi rahbari Shamsher Umedov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu voqea 25 may kuni sodir bo‘lgan. “Bunday holatlar avval ham qayd etilgan. Qo‘ylar bir-biriga ergashuvchan – biri jarlikka tushsa, qolganlari ham ortidan boradi. Xodimlarimiz va tuman “SES” mutasaddilari borib, sonini aniqlab kelishdi. Qo‘ylar sog‘lom bo‘lgan, hech qanday kasallik yo‘q”, – dedi Umedov.

Uning ta’kidlashicha, jarlikka tushib qolgan qo‘ylarni chiqarishning imkoni bo‘lmaganligi sababli, shu yerdayoq ikki marotaba maxsus dorilar bilan zararsizlantirilgan. “Ushbu hudud aholi yashash punktlaridan yiroqda joylashgan. Shuning uchun o‘lgan qo‘ylarni yoqish yoki ko‘mish imkoni yo‘q edi. Dorilar esa ularni bir oyda chiritib, yo‘q qilib yuboradi, hech qanday infeksiya tarqalmaydi”, – deya qo‘shimcha qildi Umedov.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va mahalla yettiligi qo‘ylarni asosiy qishloq yo‘lidan o‘tkazishga ruxsat bermagani uchun cho‘pon ularni jarlik bo‘ylab olib o‘tishga majbur bo‘lgani aytiladi. Shamsher Umedov esa bu ma’lumotlardan bexabar ekanligini va masala bo‘yicha tegishli idoralar o‘rganish ishlarini olib borayotganini ma’lum qildi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?