Toshkentda taksichi qizga zo‘ravonlik qildi

1 daqiqa o'qish11.5K
Toshkentda taksichi qizga zo‘ravonlik qildi
Toshkentda qizga taksi haydovchisi tomonidan zo‘ravonlik qilindi, deb UPL.uz xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda sodir bo‘lgan zo‘ravonlik holati haqida xabar tarqaldi. Facebook’dagi yirik guruhlarda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, taksi haydovchisi qizga tajovuz qilgan.

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, uning ish joyida “eshikdan eshikgacha” tarifida yetkazib berish xizmati buyurtma qilingan. Haydovchi esa ofisga chiqishni rad etib, mijozning o‘zi chiqishini talab qilgan.

Ofisdan chiqqan xodima buyurtmaning to‘lanmaganini bilmagan va yonida pul bo‘lmagan. Jabrlanuvchi haydovchiga ofisga kirib, pulni olib ketishni taklif qilgan. Bunga javoban haydovchi uning qo‘llaridan ushlab, uni silkita boshlagan, so‘ng qo‘llarini burab, posilkani tortib olgan.

Qiz ushbu hodisa yuzasidan rasmiy ariza yozgan. Yandex.Taxi matbuot xizmati bu holatga munosabat bildirdi:

“Biz holatdan xabardormiz, agressiv xatti-harakatlarga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. Kur’er xizmatdan chetlatildi. Ichki tekshiruv olib boryapmiz va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga rasmiy so‘rov asosida barcha ma’lumotlarni taqdim etishga tayyormiz”, – deyiladi bayonotda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?