Qashqadaryoda haydovchi mashinaga yopishganlarni sudrab ketdi

1 daqiqa o'qish2.9K
Qashqadaryoda haydovchi mashinaga yopishganlarni sudrab ketdi
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida sodir bo‘lgan holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. 8 iyul kuni soat 14:30 atrofida sodir bo‘lgan voqeada Nexia-3 avtomobili haydovchisi bir nechta fuqaroni yerda sudrab ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Bu haqda viloyat IIB bayonot berdi, deb xabar bermoqda UPL.uz.

Aniqlanishicha, R.L. va K.S. ismli shaxslar mahalliy tadbirkor E.I. bilan og‘zaki janjalga kirishgan. Mojarodan so‘ng R.L. va K.S. Nexia-3 avtomobilida hududni tark etmoqchi bo‘lgan, ammo E.I. va uning qarindoshlari ularni to‘xtatishga uringan. Haydovchi esa harakatni to‘xtatmay, mashinani hayday boshlagan va odamlarga qaramay, mashinani oldinga yurgizib, ularni sudrab ketgan.

Haydovchi voqea joyidan yashiringan. Hozirda Mirishkor tumani IIB tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Barcha ishtirokchilarning harakati huquqiy bahoga ega bo‘ladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?