Ijtimoiy tarmoqda qimor reklama qilgan blogerlarga sudgacha jazo qo‘llandi

1 daqiqa o'qish655
Ijtimoiy tarmoqda qimor reklama qilgan blogerlarga sudgacha jazo qo‘llandi

O‘zbekistonda qonunga xilof ravishda qimor va bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qilgan ikki bloger ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning ishi sudga oshirildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, bir necha yuz minglab obunachiga ega blogerlar o‘z sahifalarida bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi postlar va videoroliklar joylashtirgan. Xususan, “Melbet” brendi ishtirokidagi kontent hamda qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi sahna ko‘rinishlari fuqaro Amirxon O‘tkir o‘g‘li Shamsiddinov (amirxon_uzbek) va Doniyor Ma’ruf o‘g‘li Ilyosovga (donik_krash) tegishli ekani aniqlangan.

Ma’muriy ish yuzasidan hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, sudga yuborildi.

Ma’lumot uchun, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 46-moddasiga muvofiq, O‘zbekistonda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni reklama qilish qat’iyan taqiqlanadi. Bunday faoliyat uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik belgilangan. Mutasaddilar bu kabi holatlar internet muhitida nazoratni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidlashdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?