Ona jasadini muzlatkichdan topishdi: rossiyalik erkak qotillikda gumonlanmoqda

Sankt-Peterburg shahrida 42 yoshli erkak 64 yoshli onasini o‘ldirganini tan oldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qotillikka bukmekerlikka pul tikishda yutqazilgan mablag‘lar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.
78 telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, 9 sentyabr kuni kechqurun erkak ko‘chada Rosgvardiya xodimlarining oldiga o‘zi borib, qotillik sodir etganini aytgan. Huquq-tartibot xodimlari tergovchilar bilan birga Leninskiy prospektidagi uning xonadoniga borgan. U yerda ayolning jasadi alohida turgan muzlatkichdan topilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qotillik 22 avgust kuni sodir etilgan.
Qayd etilishicha, erkak qimor o‘yinlariga qaramlikdan aziyat chekkan. Taxminlarga ko‘ra, u onasi pullarni sanab o‘tirayotgan paytda unga hujum qilgan. Erkak ayol pulning kamayganini bilib qolishidan qo‘rqqan. Shundan so‘ng u pichoqni olib, onasiga kamida besh marta zarba bergan.
Shundan keyin erkak ayolning jasadini qo‘shni xonada turgan alohida muzlatkichga olib borib joylashtirgan.
Gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, u psixonevrologiya dispanserida hisobda turadi. Shuningdek, erkak avval ham qotillik va talonchilik uchun sudlangani ma’lum qilingan.






























Izohlar 0
…