Namanganda 7,2 milliardlik yashirin dori omborlari fosh etildi

1 daqiqa o'qish256
Namanganda 7,2 milliardlik yashirin dori omborlari fosh etildi

Namangan viloyatida o‘tkazilgan maxsus tezkor tadbir chog‘ida jamoatchilikni tashvishga soladigan holat fosh etildi. Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qilishicha, yashirin dori omborlari aniqlanib, katta miqdordagi noqonuniy preparatlar musodara qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Uychi tumanida istiqomat qiluvchi 1985, 1992 va 1993 yilda tug‘ilgan uch nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, kontrafakt va sifat sertifikatisiz dori vositalarini noqonuniy savdoga qaratgan. Tergov organlari ularga tegishli bo‘lgan Namangan shahri hamda Uychi tumanidagi beshta yashirin omborni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirdi.

Tekshiruv natijasida, Xitoy, Rossiya, Xindiston, Fransiya, Italiya, Turkiya, Vyetnam, Isroil, Polsha, Ukraina, Germaniya kabi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan, hujjatlari mavjud bo‘lmagan 1267 turdagi preparatlar topildi. Ular umumiy hisobda 102 ming 640 qutidan iborat bo‘lib, taxminiy qiymati 7,2 milliard so‘mni tashkil etadi. Orasida “Geparin”, “Aktovegin”, “Xilak forte”, “Ursofalk” kabi dori vositalari bilan birga, tarkibida kuchli ta’sir etuvchi moddalar bo‘lgan “Testosteron” va “Retobolil” ham borligi ma’lum qilindi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur mahsulotlar O‘zbekistonga Qirg‘iziston orqali aylanma yo‘llardan olib kirilgan. Hozirda mazkur ish yuzasidan Jinoyat kodeksining 186³-moddasi va 251¹-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilgan. Tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday holatlar nafaqat iqtisodiy xavfsizlikka, balki aholi salomatligiga ham jiddiy tahdid soladi. Jamoatchilik esa bu kabi noqonuniy savdolarga qarshi kurashda qattiqroq choralar ko‘rish zarurligini talab qilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?