date

Jizzaxda daraxt kesgan fuqaro qamoq jazosiga hukm qilindi

Jizzaxda daraxt kesgan fuqaro qamoq jazosiga hukm qilindi
Jizzax viloyatida ekologik qonunbuzarlik bilan bog‘liq yangi holat qayd etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Paxtakor tumani hududida 10 ta ko‘p yillik daraxt noqonuniy tarzda kesib tashlangan. Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv natijasida, bu ish 1976 yilda tug‘ilgan shaxs tomonidan amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi.
Eng hayratlanarlisi, aybdor shaxs mazkur jinoyatni sodir etgan vaqtda avvalgi qilmishlari uchun belgilangan jazoni o‘tab kelayotgan bo‘lgan. Sud jarayonida u o‘z qilmishini tan oldi va o‘sha vaqtdagi harakatini “o‘z ehtiyoji uchun” degan bahona bilan oqlashga urinib ko‘rdi. Biroq sud uning tushuntirishlarini qabul qilmadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtakor tuman sudi ishni atroflicha ko‘rib chiqdi va sudlanuvchini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan qilmishda aybdor deb topdi. Sud hukmiga ko‘ra, fuqaroga 2 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Bundan tashqari, sud qaroriga muvofiq, aybdordan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Jizzax viloyati boshqarmasi foydasiga 253 million 300 ming so‘m miqdorida moddiy zarar undirib olinishi belgilandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda daraxt kesgan fuqaro qamoq jazosiga hukm qilindi