Uch oyda 1 548 ta noqonuniy chiqindi tashlash holati kameraga tushdi

Uch oyda 1 548 ta noqonuniy chiqindi tashlash holati kameraga tushdi

O‘zbekistonda videokuzatuv kameralari yordamida chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash holatlari aniqlanmoqda. Chiqindilarni boshqarish agentligi 2026 yilning ikkinchi choragi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Aprel, may va iyun oylarida onlayn monitoring tizimi 1 548 ta ekologik qoidabuzarlikni qayd etgan.

Shundan 1 194 ta holat piyodalar bilan bog‘liq. 354 holatda esa chiqindi transport vositalaridan tashlangani aniqlangan.

Qoidabuzarlarga nisbatan hisoblangan jarimalarning umumiy summasi 123,4 mln so‘mga yetgan. Ayni paytgacha aniqlangan shaxslarning 16,9 foizi ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Respublika bo‘ylab 700 dan ortiq kamera real vaqt rejimida ishlamoqda. Ushbu tizim ekologik nazoratni kuchaytirish, chiqindilarni noqonuniy tashlash holatlarini tez aniqlash va huquqbuzarlarni javobgarlikka tortish uchun qo‘llanilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar