"Bo‘zsuv" kanalida rangli oqova suvlar aniqlandi – "O‘zsuvta’minot" izoh berdi

1 daqiqa o'qish291
"Bo‘zsuv" kanalida rangli oqova suvlar aniqlandi – "O‘zsuvta’minot" izoh berdi

"Bo‘zsuv" kanalida rangli oqova suvlar aniqlandi – "O‘zsuvta’minot" izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda "Bo‘zsuv" kanaliga rangli oqova suvlari oqizilayapti, degan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan "O‘zsuvta’minot" AJ rasmiy izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahridan chiqayotgan oqova suvlarni biologik usulda tozalovchi 3 ta inshoot mavjud. Ular aholi tomonidan kelayotgan maishiy suvlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ishlab chiqarishdagi kimyoviy chiqindilarni tozalash uchun moslanmagan.

"Aslida har bir ishlab chiqaruvchi korxonada kimyoviy tashlamalarni filtrlaydigan lokal inshoot bo‘lishi lozim. Biroq, ularni ekspluatatsiya qilish qimmatga tushgani bois, ba’zi korxonalar oqova suvlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri kanalizatsiyaga oqizib yubormoqda", — deyiladi xabarda.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, kanalga tushayotgan rangli suvlar asosan tekstil korxonalari chiqindilari hisoblanadi. "O‘zsuvta’minot" barcha ishlab chiqaruvchilarni bu kabi xatti-harakatlardan voz kechishga va tabiat hamda jamiyat me’yorlariga rioya qilishga chaqirdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?