Qashqadaryoda yangi gaz-kondensat koni ochildi

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida «Patron» nomli yangi gaz-kondensat koni ochildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, kon zaxiralari qariyb 2,5 milliard kub metr tabiiy gazni tashkil etadi.
Konning 1-sonli qidiruv qudug‘ini burg‘ilash ishlari 2025 yilda Xitoyning BGP kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan 3D seysmik tadqiqotlar natijalari asosida boshlangan.
Burg‘ilash ishlari yakunlangach, 3296–3339 metr chuqurlikdagi qatlamlar sinovdan o‘tkazilgan. Natijada sanoat miqyosida tabiiy gaz olingan. Quduqning dastlabki ishlab chiqarish hajmi sutkasiga 500 ming kub metrni tashkil etmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Patron» nisbatan kichik kon hisoblanadi. Uning 1-sonli qidiruv qudug‘i 2026 yil 2 sentyabr kuni gaz uzatish tizimiga ulangan va ishga tushirilgan.
Hozir mutaxassislar quduqning aniq ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini belgilash bo‘yicha gazodinamik va gaz-kondensat tadqiqotlarini olib bormoqda.






























Izohlar 0
…