Sirdaryoda ikki IIB xodimi pora olayotganda ushlandi

1 daqiqa o'qish178
Sirdaryoda ikki IIB xodimi pora olayotganda ushlandi

Joriy yilning oktyabr oyida Sirdaryo viloyati Xovos tumanida joylashgan bog‘dorchilik xo‘jaligiga tegishli dala maydonidan polietilen qoplar o‘g‘irlangani yuzasidan Ichki ishlar bo‘limiga murojaat kelib tushdi. Mazkur murojaat asosida IIB Tezkor-qidiruv bo‘limining podpolkovnik va mayor unvonidagi ikki nafar katta xodimi tekshiruv boshlagan.

O‘g‘irlikda gumon qilingan to‘rt nafar fuqaro majburan IIBga olib borilib, qamab yuborish bilan qo‘rqitilgan. Tergovni to‘xtatish, ya’ni ishni “bosdi-bosdi” qilish evaziga ulardan dastlab 55 million so‘m so‘ralgan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Oradan ko‘p o‘tmay, tergovchilarning o‘zi “zararni qoplash” bahonasida 24 million so‘mni oladi. Keyinchalik esa, jinoyat ishi ochmaslik, hibsga olish chorasi qo‘llamaslik va hujjatlarni faqat ma’muriy javobgarlik doirasida rasmiylashtirib, sudga yuborish evaziga qo‘shimcha 11 million so‘m talab qilishadi.

DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmasi, prokuratura hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu katta tezkor xodimlar poraning 11 million so‘mini olayotgan paytda ushlangan. Ular qo‘lga olingan va Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi "v" va "g" bandlari bilan ish qo‘zg‘atilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?