Farg‘onada tergovchi 100 ming dollar pora olayotganda ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Bosh prokuraturaning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan birgalikda korrupsiyaga qarshi tezkor tadbir o‘tkazdi. Natijada Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Farg‘ona shahar bo‘limi tergovchisi pora olayotgan paytda qo‘lga olindi.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, tergovchi Jinoyat kodeksining 167-moddasi asosida yuritilayotgan jinoyat ishida ayblanuvchiga yordam ko‘rsatishni va’da qilgan. Bu xizmat evaziga u 100 ming AQSH dollari miqdorida pul so‘ragan.
Mazkur holat aniqlanganidan so‘ng tergovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi «a» bandi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Hozirda ish yuzasidan zarur tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.































Izohlar 0
…