date

Sirdaryoda ayol erini pichoqladi

Sirdaryoda ayol erini pichoqladi

Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida eriga tan jarohati yetkazgan ayol ustidan jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, sud hukmi e’lon qilindi.

Ma’lumotlarga qaraganda, voqea erkakning kechasi mast holatda uyga qaytgani va oila a’zolariga nisbatan tajovuzkor harakatlar qila boshlagani bilan keskinlashgan. Ayolning aytishicha, o‘sha kungi janjal paytida er avval uni, keyin esa farzandlarini haqorat qilib, kaltaklagan. 10-sinfda o‘qiyotgan o‘g‘lining do‘pposlanayotganini ko‘rgan ona qo‘rquv va himoya instinkti ostida pichoqni qo‘liga olganini bildirgan.

Guvohlar ko‘rsatmasiga ko‘ra, erkak uyga kirishi bilan barchaga bosim o‘tkazgan, ehtiros avjida esa o‘g‘lini ham urishni boshlagan. Shunda ayol o‘z farzandini himoya qilish maqsadida jahl ustida oshxona pichog‘i bilan erining qorin qismiga zarba bergan.

Tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, yetkazilgan jarohat hayot uchun xavfli deb baholangan. Sud jarayonida jabrlanuvchi erkak hozirda ayoli bilan yarashganini, o‘sha kungi xatti-harakatlarini mastlikdan sodir etganini aytgan va da’vosi yo‘qligini bildirgan.

Sud ayolning qilmishini Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy-maishiy zo‘ravonlik) yettinchi qismi bo‘yicha og‘ir jinoyat sifatida baholagan. Shunga qaramay, taraflar yarashgani va jabrlanuvchining da’vosizligi inobatga olinib, tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli deb topilgan va bir yarim yillik sinov muddati belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda ayol erini pichoqladi