date

Janubiy Koreyaga yuborishni va’da qilgan sudya qamoqqa olindi

Janubiy Koreyaga yuborishni va’da qilgan sudya qamoqqa olindi

Andijonda hakamlik sudi sudyasi pora olganlikda gumonlanib, Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘lga olindi. DXX xabariga ko‘ra, sudya Andijon viloyatida yashovchi ikki fuqaroni o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Janubiy Koreyaga mavsumiy ishchi sifatida yuborishni va’da qilgan.

Bu “xizmat” evaziga u fuqarolardan 15 000 AQSh dollari talab qilgan va ishni tezlashtirish bahonasida 4 100 dollarni avans sifatida olgan.

Biroq, sudya va’dasini bajara olmagan va pulning bir qismini qaytarayotganida DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Janubiy Koreyaga yuborishni va’da qilgan sudya qamoqqa olindi