Farg‘onada ulkan giyohvand kargo ushlandi: 7 milliardlik zarar

1 daqiqa o'qish373
Farg‘onada ulkan giyohvand kargo ushlandi: 7 milliardlik zarar

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan profilaktik chora-tadbirlar davomida qimmatligi 7 milliard so‘mdan oshgan giyohvand moddalar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, noyabr oyi mobaynida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” dasturi doirasida IIB, DXX va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari hamkorligida yirik miqyosdagi tezkor reydlar tashkil etildi. Tadbirlar natijasida 30 kilogrammdan ziyod, taxminan 60 ming dozadan iborat giyohvandlik moddalari hamda 17 mingdan ortiq kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari aylanmadan olib tashlandi.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hisob-kitobiga ko‘ra, ushbu moddalar fuqarolar orasida 20 mingga yaqin zaharlanish holatiga sabab bo‘lishi mumkin edi. O‘tkazilgan reydlar esa bu xavfning oldini olib, viloyatdagi jamoat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qildi.

Tegishli idoralar tomonidan hodisa yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?