Tog‘a va voyaga yetmagan jiyani giyohvand modda bilan ushlandi

Andijon viloyatining Marhamat tumanida katta miqdordagi “gashish” bilan bog‘liq noqonuniy faoliyatga chek qo‘yilgani aytilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1993 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan erkak noqonuniy faoliyatiga 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan jiyanini ham jalb qilgan va undan giyohvand moddalarni tashishda foydalangan.
Ular Tracker rusumli avtomobilda dala hududidan narkotik moddani olib chiqib ketayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Tekshiruv davomida avtomobildan qariyb 2 kilogramm “gashish” moddasi aniqlangani bildirilgan.
Qayd etilishicha, gumonlanuvchi 2023 yildan buyon giyohvand moddalarni chetdan kontrabanda yo‘li bilan olib kirib, O‘zbekiston hududida tarqatish bilan shug‘ullangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.






























Izohlar 0
…