date

AQShdagi universitetda fojia: o‘zbekistonlik talaba otishmada halok bo‘ldi

AQShdagi universitetda fojia: o‘zbekistonlik talaba otishmada halok bo‘ldi

AQShning Rod-Aylend shtati, Providens shahrida joylashgan nufuzli Braun universiteti kampusida yuz bergan otishma fojiaviy oqibatlarga olib keldi. Ushbu hodisa natijasida O‘zbekiston fuqarosi, talaba Muhammad Aziz Umurzoqov halok bo‘ldi.

Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili ma’lumot berdi. Xabarda marhum talabaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirilib, ushbu fojia begunoh insonlar hayotiga zomin bo‘lgani alohida ta’kidlandi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning AQShdagi diplomatik vakolatxonalari hodisa yuzasidan darhol ish boshlagan. Diplomatlar marhumning yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, huquqiy va tashkiliy masalalarda AQShning tegishli idoralari bilan hamkorlik qilmoqda.

Eslatib o‘tilishicha, Braun universitetida sodir bo‘lgan otishma oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, yana to‘qqiz nafar shaxs jarohat olgan. Jabrlanganlarning aksariyatining ahvoli og‘ir deya baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » AQShdagi universitetda fojia: o‘zbekistonlik talaba otishmada halok bo‘ldi