Fidelity: Global iqtisodiyotda dollar tizimidan uzoqlashish tendensiyasi kuchaymoqda

Fidelity Digital Assets kompaniyasining yangi hisobotiga koʻra, Eron hukumatining neft tashish bojlari uchun Bitcoin qabul qilishi va markaziy banklar zaxirasida oltin ulushining ortishi global moliya tizimida jiddiy oʻzgarishlardan darak bermoqda. Kompaniyaning "2026-yilda raqamli aktivlarni shakllantiruvchi oltita asosiy trend" hisobotida muqobil hisob-kitob mexanizmlari paydo boʻlayotgani alohida taʼkidlangan. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.
Tehronning Hormuz boʻgʻozi orqali oʻtadigan neft yuklari uchun BTC qabul qilishi, kriptovalyutaning neytral va markazlashmagan xususiyatlari tufayli kelajakda USD oʻrnini egallashi mumkinligi haqidagi qarashlarni mustahkamlamoqda. Shu bilan birga, oltin narxi yanvar oyidagi rekord darajadan biroz pasaygan boʻlsa-da, markaziy banklar tomonidan ushbu aktivga boʻlgan talab barqaror yuqori darajada qolmoqda.
Eron Iqtisodiyot vazirligi rejasiga koʻra, dengiz sugʻurtasi modellari blokcheyn tezligida amalga oshiriladigan Bitcoin toʻlovlariga asoslanadi. Bu tizim turli dengiz sugʻurtasi polislari va moliyaviy javobgarlik sertifikatlarini chiqarish imkonini beradi. 2026-yil aprel oyida Eron hukumati neft tashish bojlari uchun Bitcoin bilan birga stablecoin va Xitoy yuanini ham qabul qilishini eʼlon qilgan edi.
AQSH rasmiylari Eron hukumati va Islom inqilobi muhofizlari korpusiga aloqador 344 million dollarlik stablecoinlarni muzlatib qoʻyganiga qaramay, Tether (USDt) tokeni neft tashish toʻlovlarida hamon ustunlik qilmoqda. Bitcoin Policy Institute (BPI) tadqiqotchilariga koʻra, bu holat anʼanaviy moliya tizimidan tashqaridagi aktivlarga boʻlgan ehtiyoj ortib borayotganini koʻrsatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!