Endi bu vaqtda shovqin qilish mumkin emas: yangi tartib belgilandi

Endi bu vaqtda shovqin qilish mumkin emas: yangi tartib belgilandi

O‘zbekistonda fuqarolarning tungi osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan yangi tartib belgilandi. Unga ko‘ra, ish kunlari soat 23:00 dan 07:00 gacha, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari esa 22:00 dan 09:00 gacha fuqarolar tinchligini buzadigan shovqin chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mazkur tartib 9 sentyabr kuni qabul qilingan “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan.

Qonunga ko‘ra, insonni sezilarli darajada bezovta qilmaydigan va uning organizmida jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmaydigan, sanitariya qoidalari va normalarida belgilangan shovqin darajasi yo‘l qo‘yiladigan me’yor hisoblanadi.

Fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzuvchi shovqinlar qatoriga turar joylarda maishiy faoliyat, qurilish ishlari, qurilish texnikasi va transport vositalari, shuningdek, turli transportlarning harakati natijasida yuzaga keladigan shovqinlar ham kiritilgan.

Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organi sifatida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi belgilangan.

Shuningdek, shovqinning zararli ta’siri oqibatida yetkazilgan zarar uchun sud orqali kompensatsiya talab qilish mumkin.

Yangi qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar