Yangiyo‘lda issiqxonada kannabis yetishtirgan shaxs aniqlandi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida o‘z hovlisidagi issiqxonada kannabis yetishtirib kelgan shaxs fosh etildi. DXX va IIV xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida 1973 yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan mahalliy fuqaroning 22 tup kannabis o‘simligini parvarishlayotgani aniqlandi. Mazkur giyohvandlik vositalari belgilangan tartibda olib qo‘yildi. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida kannabis o‘simligini noqonuniy yetishtirish holati aniqlandi.
DXX va IIV xodimlari giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida muqaddam sudlangan mahalliy fuqaroni tekshirgan.
Ma’lum qilinishicha, 1973 yilda tug‘ilgan shaxs o‘z hovlisida issiqxona tashkil qilib, u yerda 22 tup kannabis o‘simligini parvarishlab kelgan.
Aniqlangan o‘simliklar belgilangan tartibda olib qo‘yilgan. Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.































Izohlar 0
…