Bemorlar orqali ehson yig‘gan firibgar qo‘lga olindi

1 daqiqa o'qish427
Bemorlar orqali ehson yig‘gan firibgar qo‘lga olindi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Toshkent viloyatida bemorlar nomidan soxta akkauntlar ochib, ehson pullarini o'zlashtirgan 1999 yilda tug'ilgan D.R. qo'lga olindi.
  • U 2025 yil sentyabr oyidan boshlab Telegram'dagi turli guruhlarda og'ir kasallikdan sog'aygan shaxslar nomidan tarqatilgan rasm va videolarga o'z bank karta raqamlarini ilova qilib, yig'ilgan mablag'larni shaxsiy ehtiyojlariga sarflagan.

Bemorlar orqali ehson yig‘gan firibgar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida bemorlar nomidan soxta akkauntlar ochib, ehson pullarini o‘zlashtirib kelgan fuqaro fosh etildi. Qonunbuzarlik Jizzax viloyati IIB xodimlari tomonidan aniqlanib, gumonlanuvchi qo‘lga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan D.R. 2025 yil sentyabr oyidan boshlab Telegram messenjeri orqali bir nechta soxta akkauntlar ochgan. U turli ijtimoiy guruhlarda avval og‘ir kasallikka chalinib, go‘yoki sog‘ayib ketgan shaxslar nomidan tarqatilgan rasm va videolarga o‘zining bank plastik karta raqamlarini ilova qilgan.
Bemorlar orqali ehson yig‘gan firibgar qo‘lga olindi
Shu yo‘l bilan u odamlarning ishonchidan foydalanib, ehson sifatida yuborilgan mablag‘larni to‘plab, ularni shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Ushbu firibgarlik holati Jizzax shahridagi “Zargarlik” mahallasida yashovchi fuqaroning huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qilgan murojaati orqali ochiqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bemorlar orqali ehson yig‘gan firibgar qo‘lga olindi
Ayni shu kabi holatlar mamlakatning boshqa hududlarida ham kuzatilgan. Jumladan, Buxoro viloyatida Telegram orqali nufuzli tashkilot rahbari nomidan soxta akkaunt ochib, korxona va muassasa rahbarlariga “xizmat topshirig‘i” mazmunida xabarlar yuborgan shaxs aniqlangan. Hatto tashkilot rahbarlaridan biri firibgarga ishonib, uning kartasiga 8 million so‘m pul o‘tkazib bergan.
Shuningdek, ayrim holatlarda xorijda vafot etgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish bahonasida pul yig‘ilayotgani haqida ham fuqarolar ogohlantirilgan. Ma’lumki, O‘zbekiston fuqarosi chet elda vafot etgan taqdirda, uning jasadi tegishli jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan yurtga olib kelinadi.
Mutaxassislar fuqarolarni bunday holatlarda hushyor bo‘lishga, shubhali xabar va ehson so‘rovlariga ishonmaslikka chaqirmoqda. Hushyorlik — firibgarlikka qarshi eng kuchli qalqondir.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?