date

Istanbuldagi bolalar uyida qolgan o‘zbekistonlik bola Vatanga qaytarildi

Istanbuldagi bolalar uyida qolgan o‘zbekistonlik bola Vatanga qaytarildi

Istanbuldagi bolalar uyida vaqtincha qolib ketgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Yodgor Vatanga qaytarildi. Ma’lum bo‘lishicha, u 1 yoshida onasidan ayrilgan, keyinchalik taqdir taqozosi bilan otasiz ham qolgan. Shu sabab, Yodgor bir muddat qo‘shnilar qaramog‘ida yashagan.

Oradan vaqt o‘tib, bola Turkiyaning Istanbul shahridagi bolalar uyiga joylashtirilgan. Mazkur holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, bolaning taqdiri bilan bog‘liq masala konsullik nazoratiga olingan.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ko‘rgan zarur huquqiy va tashkiliy choralar natijasida Yodgor yaqin qarindoshlari — holasi va buvisining qaramog‘iga yuborildi. Hozirda u O‘zbekistonga qaytarilib, oilasi bag‘riga topshirilgani bildirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Istanbuldagi bolalar uyida qolgan o‘zbekistonlik bola Vatanga qaytarildi