date

Pillachilik bilan shug'ullanuvchi oilalarga 4 million so'm beriladi

Pillachilik bilan shug'ullanuvchi oilalarga 4 million so'm beriladi

O'zbekistonda aholi bandligini ta'minlash va kam ta'minlangan oilalar daromadini oshirish maqsadida pillachilik sohasini qo'llab-quvvatlash bo'yicha yangi tartib ishlab chiqildi. Hukumat qaroriga muvofiq, 2026 yil 1 apreldan boshlab pillachilik bilan shug'ullanish istagida bo'lgan kambag'al oilalarga davlat tomonidan subsidiya ajratiladi.

Ushbu dastur doirasida har bir oilaning bir nafar a'zosiga bir martalik tarzda 4 million so'm miqdorida mablag' berilishi ko'zda tutilgan. Mazkur moliyaviy ko'mak tutzorlar barpo etiladigan hududlarda pilla kooperativlarini tashkil etish hamda aholini ushbu sohada faol ishlashga rag'batlantirishga xizmat qiladi. Davlatning bu tashabbusi qishloq joylarida yashovchi fuqarolar uchun qo'shimcha daromad manbalarini yaratish va ularning iqtisodiy ahvolini yaxshilashda muhim qadam bo'lishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Pillachilik bilan shug'ullanuvchi oilalarga 4 million so'm beriladi