Qamashida uy bekasi kitob o‘qib, 50 million so‘m yutdi

Qamashida uy bekasi kitob o‘qib, 50 million so‘m yutdi

Qamashi tumanida istiqomat qiluvchi oddiy uy bekasi kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi va muntazam mutolaasi orqali katta natijaga erishdi. Chim mahallasida yashovchi E’zoza Xushvaqtova kitobxonlik tanlovida faol ishtirok etib, yakunda 50 million so‘mlik pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

E’zoza Xushvaqtova kundalik uy-ro‘zg‘or yumushlari bilan bir qatorda muntazam kitob o‘qib kelgan. Vaqtini to‘g‘ri taqsimlab, mutolaaga ham yetarlicha e’tibor qaratgan ayol tanlovda o‘z bilimini namoyon etishga muvaffaq bo‘lgan.

Uning ushbu yutug‘i oila va ro‘zg‘or tashvishlari bilan band bo‘lgan inson ham vaqtini to‘g‘ri taqsimlagan holda bilim va kitobxonlikka e’tibor qaratishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar