Sergelidagi badbo‘y hid muammosi qachon hal bo‘ladi?

Jamiyat1 daqiqa o'qish95
Sergelidagi badbo‘y hid muammosi qachon hal bo‘ladi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Sergeli va Yangihayot tumanlari aholisini qiynab kelayotgan badbo‘y hid muammosini bartaraf etish hamda hududda transport infratuzilmasini yangilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
  • Mutasaddilarga 1 sentyabrga qadar oqova suv qabul qilish inshootiga zamonaviy filtrlash uskunalarini o‘rnatish topshirildi.

Sergeli va Yangihayot tumanlari aholisini uzoq vaqtdan beri qiynab kelayotgan suv tozalash inshooti atrofidagi badbo‘y hid muammosini bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Shu bilan birga, hududda yo‘llar, avtobus bekatlari, svetoforlar va jamoat transporti infratuzilmasini yangilash rejalashtirilmoqda.

Zamonaviy filtrlar o‘rnatiladi

Mutasaddilarga 1 sentyabrga qadar oqova suv qabul qilish inshootiga zamonaviy filtrlash uskunalarini o‘rnatish topshirildi.

Ushbu chora Sergeli va Yangihayot tumanlarida sezilayotgan noxush hidni kamaytirish hamda aholi uchun ekologik jihatdan qulay muhit yaratishga qaratilgan.

Yangi suv tozalash inshooti quriladi

Kelasi yildan Birlashgan Arab Amirliklaridagi hamkorlar bilan Quyi Chirchiq tumanida zamonaviy suv tozalash inshooti qurilishi boshlanadi.

Yangi inshootning quvvati kuniga 300 ming kub metrni tashkil etadi. Loyiha ishga tushgach, Sergelidagi mavjud suv tozalash inshootiga tushayotgan yuklama keskin kamayishi kutilmoqda.

455 ta «aqlli» svetofor o‘rnatiladi

Joriy yil Sergeli tumanidagi asosiy 23 kilometr yo‘lda harakat xavfsizligi qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Rejaga ko‘ra:

  • chorrahalarga 455 ta «aqlli» svetofor o‘rnatiladi;

  • 150 ta avtobus bekati yangilanadi;

  • 10 ming o‘rinli avtoturargoh tashkil etiladi.

Bu ishlar tirbandliklarni kamaytirish, yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish va yo‘llardagi xavfsizlikni oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Yangi Sergelida BRT yo‘lagi quriladi

Kelasi yil Yangi Sergeli ko‘chasida avtobuslar uchun 5,5 kilometr uzunlikdagi maxsus BRT yo‘lagi qurish rejalashtirilgan.

Mazkur yo‘lak Shota Rustaveli ko‘chasi bilan bog‘lanadi. Natijada jamoat transporti harakati tezlashib, yo‘lovchilarning manzilga yetib borish vaqti qisqarishi mumkin.

Toshkent halqa yo‘lidagi ko‘prik tezlashtiriladi

Sergeli, Bektemir va Yangihayot tumanlarini poytaxtning boshqa hududlari bilan bog‘laydigan Toshkent halqa yo‘lidagi yangi ko‘prik qurilishini jadallashtirish zarurligi ham ta’kidlandi.

Mazkur loyiha janubiy tumanlarning transport aloqasini yaxshilash va asosiy yo‘llardagi yuklamani kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sizningcha, Sergelida birinchi navbatda qaysi muammo hal qilinishi kerak: badbo‘y hidmi yoki transport tirbandligimi?

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?