Kartangizda 1,236 mln soʻmdan kam boʻlsa nima boʻladi?

1 daqiqa o'qish3.5K
Kartangizda 1,236 mln soʻmdan kam boʻlsa nima boʻladi?

2024 yil 15 apreldan boshlab Oʻzbekistonda bank kartalaridan mablagʻlarni toʻliq “nolgacha” yechib olish amaliyotiga cheklov joriy etildi. Uzcard toʻlov tizimi maʼlumotiga koʻra, endilikda moliyaviy tashkilotlar kreditlar, muddatli toʻlovlar, mikrokreditlar va boshqa qarz majburiyatlari boʻyicha kartada maʼlum minimal qoldiqni saqlab qolishi shart.

Yangi qoidaga muvofiq, banklar kartada kamida bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, yaʼni 1 million 236 ming soʻmdan kam boʻlmagan mablagʻni qoldirishi kerak. Demak, agar kartada ushbu summadan kam pul boʻlsa, banklar avtomatik tarzda mablagʻ yechib olish imkoniyatiga ega boʻlmaydi.

Bu oʻzgarish aholi moliyaviy xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarni toʻliq mablagʻsiz qolib ketish holatlarining oldini olish maqsadida joriy etilgani taʼkidlanmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?