Samarqandda 42 yoshli ayolning o‘limi yuzasidan tekshiruv boshlandi

Samarqandda 42 yoshli ayolning o‘limi yuzasidan tekshiruv boshlandi

Samarqand shahrida 42 yoshli ayolning vafoti yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 21 oktyabr kuni taxminan soat 12:30 da Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» mahallasida sodir bo‘lgan. Ayol o‘z xonadoni hovlisida vafot etgan.

Voqea joyiga tezkor-tergov guruhi yetib borib, hududni ko‘zdan kechirgan va zarur tekshiruv harakatlarini amalga oshirgan. Marhumaning o‘lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tekshiruv davom ettirilmoqda. Hodisaning barcha tafsilotlari va o‘lim sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar