Toshkentda ofitsiant suvga tushgan bolani qutqarib qoldi

1 daqiqa o'qish97
Toshkentda ofitsiant suvga tushgan bolani qutqarib qoldi

oshkent shahri Olmazor tumanida oddiy kun kutilmagan voqeaga aylandi. Suvga tushib ketgan bola kafe ofitsiantining jasorati tufayli omon qoldi.

Hodisa 23 sentyabr kuni tuman hududidagi suv bo‘yida joylashgan mahallalardan birida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, bir guruh bolalar ko‘chada koptok o‘ynayotgan paytda to‘p suvga tushib ketgan. Bolalardan biri uni olib chiqish maqsadida katta quvur ustiga chiqqan. Biroq koptokni olayotgan vaqtida muvozanatini yo‘qotib, suvga qulab tushgan.

Kuchli oqim bolani suv bo‘ylab olib keta boshlagan. Shu paytda yaqin atrofdagi kafelardan birida ishlayotgan ofitsiant yigit voqeani ko‘rib qolgan.

U vaqtni boy bermay, suvga sakrab tushgan va bolani oqimdan olib chiqib, hayotini saqlab qolgan.

Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, bolaning qutqarib qolinishida ofitsiantning tezkor harakati muhim ahamiyat kasb etgan.

Qahramonlik ko‘rsatgan ofitsiant yigitni munosib taqdirlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?