Buxoroda 7 yoshli bolaning qo‘li qulfda qisilib qoldi

Buxoro shahrida 7 yoshli bolaning qo‘li metall qulf orasida qisilib qolishi oqibatida qutqaruvchilarning yordami kerak bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga "Gulshan" MFY hududidagi xonadonlardan birida bolaning qo‘li metall buyumda qisilib qolgani haqida murojaat kelib tushgan.
Xabar ortidan qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus texnik vositalar yordamida bolaning qo‘lini ehtiyotkorlik bilan bo‘shatishga muvaffaq bo‘lishgan.
Tezkor harakatlar tufayli bolakayga jiddiy zarar yetmagan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani ma’lum qilinmoqda.
Mutaxassislar ota-onalarga turli metall buyumlar, qulf va boshqa xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan jihozlarni yosh bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlashni tavsiya etmoqda.






























Izohlar 0
…