Jizzaxda sun’iy hovuz 3 nafar qiz umriga zomin bo‘ldi

Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida ro‘y bergan ayanchli hodisa oqibatida sun’iy hovuzda cho‘milgan uch nafar voyaga yetmagan qiz hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, fojia 17 iyul kuni taxminan soat 13:00 larda Mirzacho‘l tumanidagi “Paxtazor” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Fermer xo‘jaligi tomonidan tomchilatib sug‘orish tizimi uchun qazilgan sun’iy hovuzga cho‘milish uchun tushgan uch qiz suvda cho‘kib ketgan. Ularning ikki nafari 17 yoshda, yana biri esa 15 yoshda bo‘lgan.
Marhumlarning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Dastlabki xulosaga ko‘ra, qizlarning o‘limi yuqori nafas yo‘llariga suv kirishi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya tufayli sodir bo‘lgan.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Mirzacho‘l tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






























Izohlar 0
…