Abbosbek Fayzullayev qaysi jamoaga muxlislik qilganini ochiqladi

Abbosbek Fayzullayev qaysi jamoaga muxlislik qilganini ochiqladi

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev intervyularidan birida 2026 yilgi Jahon chempionati finali oldidan qaysi jamoaga muxlislik qilishi haqidagi savolga samimiy javob berdi.

Futbolchidan: "Sizning 'Barselona' muxlisi ekaningizni bilamiz. Jahon chempionati finalida Argentinaga muxlislik qilasizmi yoki Ispaniyagami?" deya so‘ralganda, u ikkilanmasdan:

"Argentinaga. Chunki Messichi", — deya javob qaytardi.

Fayzullayevning ushbu javobi qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Ayniqsa, Argentina finalda Ispaniyaga mag‘lub bo‘lgach, ko‘plab internet foydalanuvchilari ushbu videoni yana ulashib, futbolchining javobi yuzasidan turli hazilomuz va qiziqarli izohlar qoldirmoqda.

Shunga qaramay, ko‘pchilik Abbosbek Fayzullayevning bu tanlovi Lionel Messiga bo‘lgan hurmati va muxlisligi bilan bog‘liq ekanini ta’kidlab, uning samimiy javobini iliq qarshi olmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar