Buxoro tumanida bedarak yo‘qolgan voyaga yetmagan qiz sog‘-omon topildi

Buxoro tumanida bedarak yo‘qolgan voyaga yetmagan qiz sog‘-omon topildi

Buxoro viloyatida yashash manzilidan chiqib ketib, qaytib kelmagan voyaga yetmagan qiz topildi.

Ma’lum qilinishicha, 2026 yil 10 iyul kuni Buxoro tumani "Ko‘chko‘mar" MFYda yashovchi fuqaro viloyat IIBning "112" yagona tezkor boshqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan. U 2009 yilda tug‘ilgan qizi Ikromova Dilbar Baxtiyor qizi 5 iyul atrofida uyidan chiqib ketgani va shu vaqtgacha qaytmaganini aytgan.

Murojaat asosida IIBning mas’ul xodimlari tomonidan qidiruv ishlari olib borilgan. Jarayonga Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlari jalb qilingan.

Qidiruv tadbirlari natijasida qiz Buxoro shahri hududida topildi. Uning sog‘-omon ekani ma’lum qilingan.

Keyinchalik voyaga yetmagan shaxsni qonuniy vakiliga topshirish hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida holat Buxoro tuman prokuraturasiga taqdim etildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar