Zomin tumanidagi aliment ijro ishi yarashuv bilan yakunlandi

Zomin tumanidagi aliment ijro ishi yarashuv bilan yakunlandi

Majburiy ijro byurosi Zomin tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati ijrosini ta’minlash jarayonida oilaviy munosabatlarni tiklashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar o‘z samarasini berdi.

Ijro harakatlari davomida davlat ijrochilari tomonidan er-xotin bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib, oila muqaddasligi, farzandlarning manfaatlari va sog‘lom oila muhitini saqlab qolishning ahamiyati haqida atroflicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Olib borilgan muloqotlar va yarashtirish tadbirlari natijasida tomonlar o‘zaro kelishuvga erishib, oila yarashtirildi hamda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro ishi ijobiy hal etildi.

Majburiy ijro byurosi faoliyatida sud hujjatlari ijrosini ta’minlash bilan bir qatorda, oilalarni saqlab qolish, farzandlarning to‘liq oila bag‘rida kamol topishiga ko‘maklashish ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu kabi yarashuvlar nafaqat bir oilaning, balki jamiyat barqarorligi va farzandlar kelajagi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Majburiy ijro byurosi tomonidan bundan buyon ham oilaviy nizolarni murosa yo‘li bilan hal etish, aliment ijro hujjatlari yuzasidan tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda oilalarni saqlab qolishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar