Chiroqchida yosh ona 18 marta pichoqlab o‘ldirildi

1 daqiqa o'qish159
Chiroqchida yosh ona 18 marta pichoqlab o‘ldirildi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida oilaviy mojaro mudhish fojia bilan yakunlandi. Sud hujjatlariga ko‘ra, 2001 yilda tug‘ilgan erkak 2023 yil oktabr oyida turmush qurgan bo‘lsa-da, oiladagi kelishmovchiliklar sabab 2026 yil 28 yanvar kuni turmush o‘rtog‘i chaqalog‘ini olib ota-onasinikiga ko‘chib ketgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol eriga endi u bilan birga yashashni istamasligini, oilani moddiy jihatdan ta’minlamayotgani sabab ajrashishga qaror qilganini bildirgan. Oradan ikki hafta o‘tgach, erkak yashirincha balkon orqali ayol yashayotgan uyga kirgan. U turmush o‘rtog‘ini boshqa erkak bilan telefonda gaplashayotganidan gumon qilib, telefonining parolini ochishni talab qilgan.

Ayol bunga rozi bo‘lmagach, erkak avval uni ayovsiz kaltaklab, yuz, bosh va tanasining turli qismlariga zarba bergan, natijada jabrlanuvchining jag‘ suyagi singan. Shundan so‘ng u oshxonadan pichoq olib chiqib, ayolning kuragi, beli va boshqa tana qismlariga jami 18 marotaba pichoq urgan. Og‘ir tan jarohatlari oqibatida yosh ona voqea joyida vafot etgan.

Aniqlanishicha, ushbu mudhish jinoyat ularning 2024 yil 18 iyulda tug‘ilgan voyaga yetmagan farzandi ko‘z o‘ngida sodir etilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi erkakni qasddan odam o‘ldirishda aybdor deb topib, 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Shuningdek, sud hukmiga ko‘ra, marhumaning qonuniy vakili foydasiga 100 million so‘m miqdorida ma’naviy zarar undirilishi belgilandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?