Yarim yilda O‘zbekistonda qancha egizak tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi

2026 yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonda 373 389 ta tirik tug‘ilish qayd etildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar–iyun oylarida 365 161 nafar chaqaloq bir nafardan tug‘ilganlar sifatida ro‘yxatga olingan.
Egizak tug‘ilgan chaqaloqlar soni 7 996 nafarni tashkil etgan. Bundan tashqari, 3 nafar va undan ortiq tug‘ilganlar 232 nafar deb ko‘rsatilgan.
Shu tariqa, yilning birinchi yarmida mamlakatda tug‘ilgan chaqaloqlar orasida egizaklar ham sezilarli ko‘rsatkich bilan qayd etildi.































Izohlar 0
…