Teksas shtatida yangi maʼlumotlar markazlarini tarmoqqa ulash vaqtincha toʻxtatildi

AQShning Teksas shtati hukumati yangi ma'lumotlar markazlarini umumiy energotizimga ulash bo'yicha arizalarni ko'rib chiqishni vaqtincha to'xtatdi. Gubernator Greg Ebbott mavjud arizalarni yangi ruxsatnomalar berilishidan oldin qat'iy tekshirishni topshirdi. Navbatda 1800 ga yaqin loyiha bo'lib, ularning taxminan 90 foizini ma'lumotlar markazlari tashkil etadi va ular jami 474 GW gacha quvvat talab qilishi mumkin.
AQShning Teksas shtati hukumati yangi maʼlumotlar markazlarini umumiy energotizimga ulash boʻyicha arizalarni koʻrib chiqishni vaqtincha toʻxtatdi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, bunga soha vakillarining energetika tizimi tarixidagi rekord koʻrsatkichlardan ham oshib ketadigan ulkan quvvatlarga boʻlgan ehtiyoji sabab boʻlgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Shtat gubernatori Greg Ebbott Komissiya boʻyicha kommunal xizmatlarga hamda ERCOT energetika tizimi operatoriga yangi ruxsatnomalar berilishidan avval barcha mavjud arizalarni qattiq tekshiruvdan oʻtkazishni topshirdi. Hozirda navbatda 1800 ga yaqin loyiha turgan boʻlib, ularning taxminan 90 foizini aynan maʼlumotlar markazlari tashkil etadi.
Rekord darajadagi energiya taqchilligi xavfi
ERCOT baholariga koʻra, ushbu loyihalar jami boʻlib 474 GW gacha quvvat talab qilishi mumkin. Bu koʻrsatkich butun Teksas energotizimining butun tarixi davomidagi eng yuqori isteʼmol rekordidan ham sezilarli darajada yuqori ekanligi qayd etildi.Yangi qoidalarga muvofiq, endi develeplar elektr energiyasi va suv isteʼmoli, sovutish tizimlari, shuningdek, shaxsiy generatsiya manbalari haqida batafsil maʼlumot taqdim etishlari shart. Bundan tashqari, soliq imtiyozlari, obʼyekt egalari va mahalliy jamoalarga taʼsirni kamaytirish choralari ham qatʼiy oʻrganiladi.
Tekshiruv sabablari va tarmoqdagi cheklovlar
Nazoratning kuchaytirilishiga tahliliy organ tomonidan 377 ta kompaniyaga yoʻllangan soʻrovlarga atigi 28 ta kompaniya javob bergani sabab boʻldi. Hokimiyat buni boʻlajak yuklamani baholash uchun yetarli emas deb topdi. Talablarni bajarmagan loyihalar tarmoqqa ulanish huquqidan mahrum boʻladi.Shunga qaramay, cheklovlar barcha obʼyektlarga ham tatbiq etilmaydi. Xususan, ERCOT xizmat koʻrsatish zonasidan tashqarida joylashgan yoki umumiy tarmoqqa ulanishni talab qilmaydigan oʻz generatsiyasiga ega maydonchalar bu tartibdan mustasno etilgan.
Mazkur qaror siyosiy doiralarda turli munosabatlarga sabab boʻldi. Ayrimlar uni yumshoq deb bilsa, boshqalari kechiktirilgan qadam deb baholamoqda. Biroq tezkorlik muhim boʻlgan sunʼiy intellekt infratuzilmasi sohasida ushbu tekshiruvlar yirik loyihalarning ishga tushishini sezilarli darajada sekinlashtirishi mumkin.






























Izohlar 0
…