Damas'da 11 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan haydovchiga chora ko‘rildi

Damas'da 11 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan haydovchiga chora ko‘rildi

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida Damas rusumli avtomobilda bog‘cha bolalarini belgilangan me’yordan ortiq miqdorda olib ketayotgan haydovchi to‘xtatildi. Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hodisa 8 oktyabr kuni tumanning Toshkent mahallasida sodir bo‘lgan. Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari bolalarni tashish qoidalari buzilayotganini aniqlab, haydovchini to‘xtatgan.

Xabarga ko‘ra, avtomobilda 11 nafar bola bo‘lgani aytilgan. Ma’lum qilinishicha, haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-8-moddasi — transport vositasida odam tashish qoidalarini buzish bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Shuningdek, u bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.

Haydovchi qoidabuzarligini tan olib, bunday holat boshqa takrorlanmasligini bildirgan hamda boshqa haydovchilarni ham belgilangan qoidalarga rioya qilishga chaqirgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar