Maktab o‘quvchilari uchun "kuzgi ta’til" sanasi ma’lum qilindi

Maktab o‘quvchilari uchun "kuzgi ta’til" sanasi ma’lum qilindi

O‘zbekiston maktablarida 2026 yilgi kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi. Ta’til 6 kalendar kun davom etib, 9 noyabr kuni yakunlanadi. O‘quvchilar 10 noyabr kunidan boshlab darslarga qaytishadi.

Ta’til muddatlari Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizom»da belgilangan.

Mazkur nizomga muvofiq, o‘quv yili davomidagi ta’tillar quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

  • kuzgi ta’til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

  • qishki ta’til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

  • bahorgi ta’til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;

  • yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan, bunday sinov o‘tkazilmaydigan sinflarda esa o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan boshlab 1 sentyabrgacha.

Shuningdek, birinchi sinf o‘quvchilari uchun fevral oyida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilangan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar