Qidiruvdagi shaxs topilgach, 110,7 mln. so‘m aliment qarzini to‘lab qo‘ydi

1 daqiqa o'qish102
Qidiruvdagi shaxs topilgach, 110,7 mln. so‘m aliment qarzini to‘lab qo‘ydi

Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudning 2024 yil 10 fevral kungi sud buyrug‘iga muvofiq, undiruvchi N.M. foydasiga tarbiyasidagi uch nafar farzandlari ta’minoti uchun qarzdor S.A.dan aliment undirish belgilangan.

 Shunga qaramasdan qarzdor tomonidan aliment pullari o‘z vaqtida to‘lab borilmaganligi oqibatida uning qarzdorligi 110 mln. so‘mdan oshib ketgan bo‘lib, ushbu qarzni undirish maqsadida, qarzdorning yashash manziliga borilganida, u ushbu manzilda yashamayotganligi aniqlangan.

 Qarzdorning yashash manzili haqida aniq ma’lumot yo‘qligi sababli, unga nisbatan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilingan.

 Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv shu’basi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor Toshkent shahridan topilib, joriy yilning 23 sentyabr kuni yuzaga kelgan 110,7 mln. so‘m qarzdorlikni sobiq turmush o‘rtog‘iga to‘lab bergan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?