“BYD” avtomashinasi sotish maqsadida auksionga chiqarildi

Yaxshi bilamizki, maqsadli olingan kredit mablag‘laridan maqsadsiz foydalanib, qarzdorlikni bartaraf etilmasa, uni qoplash uchun sudlarga murojaat qilinadi.
Sud tomonidan qabul qilingan hujjatlarga esa, MIB organlariga undiruv ishlarini tashkil etish uchun yuboriladi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining qaroriga asosan, qarzdor X.M.dan “Trastbank” XAB To‘rtko‘l filiali foydasiga 278,5 mln. so‘m undirish belgilangan.
Ushbu sud qarori bo‘yicha chiqarilgan ijro hujjati Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Boshqarmasiga kelib tushib, ijro hujjati ijrosini ta’minlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilib, sud qarorining ijrosini ta’minlamaslik oqibatlari tushuntirilgan.
Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, unga tegishli “BYD” avtomashinasi davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda xatlovga olinib, elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarilgan.
Sotuvdan tushgan mablag‘ birinchi navbatda qarzdorlik qoplanishi va ortgan pullar esa qarzdorning o‘ziga qaytarib berilishi ta’minlanadi.





























Izohlar 0
…