Qo‘qonda 13 yoshli qiz zo‘rlangani bo‘yicha ish og‘irlashtirildi

Qo‘qon shahrida 13 yoshli qizga nisbatan sodir etilgan jinoyat bo‘yicha tergov doirasida muhim o‘zgarish bo‘ldi. Dastlab yengilroq modda bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi og‘irroq modda bilan qayta malakalandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 2026 yil 28 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan dastlab Jinoyat kodeksining 128-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Biroq 9 noyabr kuni shahar prokuraturasi tomonidan ishning huquqiy kvalifikatsiyasi o‘zgartirildi. Endi holat Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi, ya’ni 14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan zo‘rlash jinoyati sifatida tergov qilinmoqda.
Mazkur moddada 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan.
Gumonlanuvchi avvalroq hibsga olingan. Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda. Shuningdek, jabrlanuvchiga zarur psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…